Jamiyat | 22:55 / 08.05.2018
27840
2 daqiqa o‘qiladi

Yuragi xasta bolakayning ko‘zlarida yashash umidi bor

Atigi 200 yoxud 300 gramm og‘irlikdagi a'zo-yurak Yaratganning mo‘'jizalaridan biri. Yurak tinch holatda 5-5 yarim litr qonni haydaydi. Yurak tanamizning 75 trillion xujayrasiga qon yetkazib beradi. Murojaatchilarimiz orasida yurak xastaligidan qiynalib yordam so‘raganlar talaygina. Ayniqsa, yosh go‘daklarning yurak xastaligidan og‘riyotgani dilimizni xira qiladi.

Namanganga safarimiz davomida endigina 1 yoshdan oshgan Bositxonning yurak porogi xastaligidan qiynalayotganini eshitib, ko‘nglimiz og‘rindi. Uning holidan xabar olish niyatida manzil sari yo‘l oldik.  Xonadonda biz Bositxonning oila a'zolari bilan suhbatlashdik.

Onasining ta'kidlashicha : “ Faqat Hindistonda operatsiya qilsa bo‘lar ekan. O‘zimizda bu amaliyotni qilib bo‘lmaydi deb javob berishdi. Farzandim ozib ketgan va yig‘lagan paytida ko‘karib qoladi. Harakati yo‘q, gapirmaydi va isitmasi 37,5 darajadan tushmaydi.

“Bir xonadonda to‘rt xo‘jalik yashayapmiz, yer olish uchun navbatda turibmiz, mahalla tomonidan bolalar puli berilyapti. Ular ham imkoniyati boricha yordam berishyapti, ammo mablag‘ masalasida bizda imkon yo‘q”- deb aytadi bobosi Umarxon Parpiboyev.

Bu jajji yurak hali nimadan og‘riyotganini tushunmaydi. Uning ko‘zlarida faqat yashash, zavqlanish bor. Bositxonga murakkab jarrohlik amaliyoti kerak. Bolajonning ko‘zlariga qarab, ich-ichimizdan Yaratgandan so‘raganimiz bor. Shu jajji yurakcha ozor chekmasin. U yashasin. U hali shu el uchun xizmat qiladigan zabardast olim bo‘ladi. Azizlar, shu mitti yurakcha uchun xayriyangizni ayamang. Sizning yordamingiz Bositxonning kelajagi uchun kerak!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Agrobank (Click, Payme) 8600 0417 8354 5099 IBRAGIMOVA MAXBUBAXON

Telefon raqami: +99891 350 58 67 (Bahriddin, Bositxonning otasi)

Agrobank ATB Namangan viloyati hududiy filiali

MFO: 00225

INN: 200047133

Hisob raqami: 2312 0000 8000 0022 5001

Mavzuga oid