Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod uzra ikki ballistik raketa urib tushirildi
Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa kuchlari Ar-Riyod uzra ikkita ballistik raketani tutib oldi. Bu haqda Reuters Saudiya davlat OAVga asosan xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, raketalar Yaman hududidan uchirilgan. Shaharda to‘rtta kuchli portlash ovozi eshitilgan. Ayni damda qurbonlar yoki jarohat olganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Yamanlik husiylarning ma'lum qilishicha, raketalar Saudiya poytaxtidagi «iqtisodiy obektlarga» qarata uchirilgan.
Agentlikning ta'kidlashicha, Yaman guruhi so‘nggi vaqtlarda qo‘shni podshohlik hududiga raketalarni tez-tez uchirmoqda.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026