Jahon | 11:07 / 09.05.2018
2451
2 daqiqa o‘qiladi

Xaspel MRB direktori lavozimida qiynoqqa solishni tiklamaslikka va'da berdi

Foto: Videodan kadr /Youtube

AQSh MRB rahbari vazifasini bajaruvchi Jina Xaspel guvohlarni so‘roq qilishda qiynoqqa solishdan butunlay voz kechish haqida ma'lum qiladi. Bu haqda AQSh kongressi oldida qilinadigan ma'ruza matnida aytilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

9 may kuni Xaspel AQSh kongressiga, agarda uni MRB rahbari etib tayinlashsa, mahkama 2001 yilning 11 sentabridagi terrorchilik aktidan keyin kuchgan kirgan qo‘lga olish va so‘roq qilish dasturini tiklamasligi haqida ma'lum qiladi. Bu dasturga ko‘ra, MRB agentlari faqat ba'zi holatlardagina gumonlanuvchilarni qiynoqqa solishi mumkin.

«MRBda hozirgi murakkab vaqtda xizmat qilayotgan inson sifatida shuni shaxsan kafolatlashim mumkinki, MRBda mening rahbarligim ostida qo‘lga olish va so‘roq qilish bo‘yicha bu dastur qayta tiklanmaydi», - deyiladi Xaspelning ma'ruzasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Xaspelni MRB rahbarligidan ketmaslikka ko‘ndirmoqchi ekani xabar berilgandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid