Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil qo‘shinlarini yuqori tayyorgarlik holatiga keltirdi
AP Photo/Ariel Schalit
Isroil shimoliy chegarasidagi qo‘shinlarini yuqori tayyorgarlik holatiga keltirdi, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yoydi va bombapanohgohlarni ochishni buyurdi. Bu haqda Isroil armiyasi ma'lum qildi.
“Eron kuchlarining Suriyada faoliyat olib borayotgani aniqlangandan keyin armiya Golan tepaliklarida fuqarolik mudofaasi bo‘yicha yo‘riqnomani o‘zgartirishga qaror qildi va mahalliy ma'muriyatlarga bu hududdagi bombapanohgohlarni ochib, tayyorlab qo‘yishni buyurdi. Bundan tashqari, qo‘shinlar hujumga qarshi yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi”, deb aytilgan Isroil armiyasi bayonotida.
“Isroil fuqarolari zarurat bo‘lganda tarqatiladigan armiya yo‘riqnomalariga e'tiborli bo‘lishlari lozim. Armiya voqealarning turli rivojiga tayyor va Isroilga qarshi istalgan tajovuz qat'iy javobga uchraydi”, deb qo‘shimcha qilgan harbiylar.
Suriyaga 1944 yildan boshlab tegishli bo‘lgan Golan tepaliklari 1967 yilgi Olti kunlik urush davomida Isroil tomonidan bosib olingan.
Mavzuga oid
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026