Isroil şimoliy çegarasidagi qöşinlarini yuqori tayyorgarlik holatiga keltirdi, havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini yoydi va bombapanohgohlarni oçişni buyurdi. Bu haqda Isroil armiyasi ma'lum qildi.
“Eron kuçlarining Suriyada faoliyat olib borayotgani aniqlangandan keyin armiya Golan tepaliklarida fuqarolik mudofaasi böyiça yöriqnomani özgartirişga qaror qildi va mahalliy ma'muriyatlarga bu hududdagi bombapanohgohlarni oçib, tayyorlab qöyişni buyurdi. Bundan taşqari, qöşinlar hujumga qarşi yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi”, deb aytilgan Isroil armiyasi bayonotida.
“Isroil fuqarolari zarurat bölganda tarqatiladigan armiya yöriqnomalariga e'tiborli bölişlari lozim. Armiya voqealarning turli rivojiga tayyor va Isroilga qarşi istalgan tajovuz qat'iy javobga uçraydi”, deb qöşimça qilgan harbiylar.
Suriyaga 1944 yildan boşlab tegişli bölgan Golan tepaliklari 1967 yilgi Olti kunlik uruş davomida Isroil tomonidan bosib olingan.












