12:35 / 09.05.2018
8612

Qarshi shahrida talonchilar qo‘lga olindi

Foto: Kun.uz

5 may kuni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi F.S. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u shu kuni soat 00.30larda, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 3 noma'lum shaxs Paxtazor mikrorayon hududida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi binosi oldida barsetkasini tortib olib ketgan, uni ichida 400 AQSh dollari, 500 ming so‘m puli, fuqarolik pasporti va avtomashina hujjatlari bo‘lganligini ma'lum qilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni O.T., A.K. va Sh.A. sodir etganligi aniqlanib ushlanganlar.

 

Mavzuga oid
Top