17:52 / 09.05.2018
11224

Lombardlarga yangi talablar qo‘yildi

Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Yangi talablarga ko‘ra, lombardlar garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga, yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, kredit shartnomalari bo‘yicha javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga, shuningdek kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek kreditlar muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas.

 

Top