2024 yil 1 noyabrdan boşlab quyidagi talablar bajarilgan taqdirda, tovar-xomaşyo birjalari faoliyatini litsenziyalaşga yöl qöyiladi:

  • mulk huquqi asosida litsenziyalangan elektron birja savdolari tizimining mavjudligi;
  • umumiy hisobda xotirasi kamida 100 TV bölgan server uskunalari hamda alohida ma’lumotlarni qayta işlaş markaziga ega böliş;
  • elektron birja savdolari tizimining uzluksiz hamda taşqi aralaşuvlardan himoyalangan holda faoliyat körsatişi;
  • tegişli xizmat körsatuvçi tijorat banki axborot tizimi bilan integratsiyalaşgan savdo operatsiyalari böyiça mablağlar kirim va çiqim amaliyotlarini inson omilisiz amalga oşiruvçi dasturiy ta’minotning mavjudligi.

2024 yil 1 noyabrdan tovar-xomaşyo birjalari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd söm hamda 2025 yil 1 iyuldan boşlab 200 mlrd söm etib belgilanmoqda. Bunda, ustav kapitali faqat mablağlar körinişida şakllantiriladi, 2024 yil yakuni va kelgusida har yil yakuni böyiça ularning moliyaviy faoliyati yuzasidan katta törtlik (Big four) auditorlik taşkilotlaridan biri tomonidan mustaqil auditdan ötkazilişi kerak.