Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq fuqarolarga Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga oid xizmatlarni körsatiş faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oşiriladi.

Mazkur qaror bilan tegişli özgartiriş va qöşimçalar 2023 yil 1 noyabrdan boşlab amalga kiritiladi. 

Endilikda Umra tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oşiriş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:

Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş xizmatlarini körsatiş uçun qöşimça ravişda diniy (islomiy) ta’lim yönalişlari böyiça ta’lim muassasasi yoki Özbekiston xalqaro islom akademiyasining «Dinşunoslik», «Islomşunoslik», «Islom tarixi va manbaşunosligi», «Ziyorat turizmi» va «Islom huquqi» ta’lim yönalişlari (mutaxassisliklar) bitiruvçisi bölgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi töğrisidagi ma’lumot;

Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga oid turizm xizmatlarini körsatmoqçi bölgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan miqdordagi mablağlarni Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasining Xavfsiz turizm jamğarmasi uçun oçilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni özi mustaqil tarzda olişi zarur.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran kuçga kiruvçi yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini taşkil etiş huquqi berilmaydi.