Jahon | 12:56 / 09.05.2018
30217
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada harbiy parad boshlandi

Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan parad boshlandi. Tadbirdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya «Rossiya 24» telekanali tomonidan efirga uzatilmoqda.

Paradga Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov qo‘mondonlik qilmoqda. Paradni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu qabul qilyapti.

Foto: Ntv.ru
Foto: Ntv.ru
Foto: «Gazeta.Ru» /Artem Sizov

Maydonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevdan tashqari, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham bor.

Foto: Ntv.ru

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, harbiy paradda 13 mingdan ortiq harbiy xizmat qatnashmoqda, 159ta zamonaviy qurol va harbiy texnika, shuningdek, 75ta samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid