Jahon | 01:02 / 09.05.2018
5777
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronga qarshi eng “yuqori darajada” sanksiyalar kiritilishiga va'da berdi

Foto: REUTERS/Carlo Allegri

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh nafaqat Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini, balki Tehronga qarshi bir qator sanksiyalarni tiklash jarayonini boshlashini ma'lum qildi. 

“Biz eng yuqori darajada iqtisodiy sanksiyalarga qaytamiz. Eronga uning yadroviy intilishlarida yordam beradigan istalgan davlat ham AQSh sanksiyalariga uchraydi. Amerika yadroviy shantaj asiri bo‘lmaydi”, deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp AQSh Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanini e'lon qilgandi. Trampning ta'kidlashicha, Eron yadroviy kelishuvga qaramay, go‘yoki uranni boyitish va yadroviy qurol yaratish bilan shug‘ullanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid