Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Hindiston ustidan Jahon savdo tashkilotiga arz qildi
Foto: AFP/ Fabrice Coffrini
AQSh Hindistonni guruch va bug‘doyga bozor narxlarini qo‘llab-quvvatlashi haqidagi ma'lumotlarni soxtalashtirishda ayblab, uning ustidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) arz qildi. Bu haqda AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida aytilgan.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, bunday xatti-harakatlar JST qoidalarining buzilishi hisoblanadi.
“AQShning hisob-kitoblariga asosan, Hindiston o‘zining bug‘doy va guruchga bozor narxlarini qo‘llab-quvvatlashini ancha kam ko‘rsatgani kelib chiqmoqda. AQSh o‘zining savdo hamkorlari JSTga qo‘shilishlari vaqtida zimmalariga olishgan talablarga rioya qilishlarini kutib qoladi”, deb aytilgan xabarda.