Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad uchinchi jahon urushi va Rossiya rahbariyati haqida gapirdi
Suriya prezidenti Bashar Asadning aytishicha, Rossiya tomoni Suriya hududidagi mojaro uchinchi jahon urushiga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda u SANA’da e'lon qilingan intervyusida aytib o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, Asadga mintaqadagi vaziyat e'tiborga olingan holda bunday urush ehtimoli to‘g‘risida savol berishgan.
«Yo‘q, bitta sabab bilan: chunki, Rossiyada dono rahbariyat bor», - dedi Asad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Rossiya-Amerika munosabatlari sovuq urushdan ham «kattaroq nimagadir» o‘xshamoqda.
«Men umid qilamanki, biz bu qudratli davlatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga guvoh bo‘lmaymiz, sababi bu qolgan butun dunyoni nazoratdan chiqarib yuborishi mumkin», - degan Asad.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Rossiyani Suriyadagi harbiy amaliyot haqida avvaldan xabardor qilgani to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026