Jahon | 11:46 / 10.05.2018
8422
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Rossiyani Suriyadagi harbiy amaliyot haqida avvaldan xabardor qilgan

Foto: REUTERS/Alaa al Faqir

Isroil hukumati Eronning Suriya hududidagi «Al-Quds» tuzilmalariga raketa zarbalari berilishidan avval Rossiyani xabardor etgan. Bu haqda Reuters Isroil harbiylariga asosan xabar bermoqda.

«Ruslar hujumdan avval bizda bor bo‘lgan mexanizmlar orqali xabardor etildi», - deya ma'lum qilgan armiya rasmiy vakili Yonatan Konrikus.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Suriya hududidagi o‘nlab harbiy obektlarga hujum qilgani xabar berilgandi. Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Isroilning o‘nlab raketalarini urib tushirgan, ularning aksariyat qismi nishonga tegmagan. Boshqa raketalar esa havo hujumidan mudofaa kuchlarining ba'zi raschyotlari, radar va o‘q-dorilar omborlarini yo‘q qilgan.

Isroil Mudofaa armiyasi xabar berishicha, Isroil aviatsiyasi Eronning Suriyadagi o‘nlab ob'yetlari va Suriya Arab Respublikasi hukumat kuchlarining havo hujumidan mudofaa batareyalariga hujum qilgan. Bu tungi vaqtlarda berilgan raketa zarbasiga javob bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid