Sport | 22:13 / 10.05.2018
39293
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy sportchilari reytingi e'lon qilindi

Foto: Gonzalo Arroyo Moreno/Getty Images

O‘tgan mavsum davomidagi ko‘rsatkichlarga qarab, dunyoning eng boy sportchilari reytingi e'lon qilindi. Bu Brand Finance nashri xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoning eng ko‘p pul topadigan sportchisi «Real» Madrid hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. Uning yillik daromadi ayrim manbalarga ko‘ra, 93 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda basketbolchi LeBron Jyeyms bormoqda. Uning yillik daromadi 86,2 million yevroni tashkil qilishi aytiladi.

Kuchli uchlikni «Barselona» hujumchisi Lionel  Messi yakunlab beradi. Uning daromadi 80 million yevroni tashkil qilgan. Ammo Messining yangi bitimi kech kuchga kirgani sababli bu yerda «Barselona»da oladigan eski maoshi hisobga olingan, yangi mavsumda u bu borada yetakchiga aylanib olishi ham mumkin.

Kuchli beshlikda shuningdek tennischi Rojyer Federer (64 mln yevro) va basketbolchi Kevin Dyurant (60,6 mln) bormoqda.

Mavzuga oid