Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron kuchlari Isroil pozitsiyalariga raketa zarbasi berdi – OAV
Foto: REUTERS/Omar Sanadiki
Eronning Suriyadagi kuchlari Isroilning Golan tepaliklaridagi pozitsiyalariga 20 ta raketa bilan zarba berishdi. Bu haqda tvitterda “Galey TsAXAL” radiostansiyasining muxbiri ma'lum qildi.
Uning aytishicha, zarba oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. Talofatlar haqida ham hech narsa ma'lum qilinmagan.
Muxbirning ta'kidlashicha, isroillik harbiylar hujumga javoban raketalarga qarshi mudofaa tizimini qo‘llab, bir nechta raketalarni urib tushirishgan. Uning aytishicha, Isroil hukumati hujumni Eron tomonidan sodir etilgan, deb hisoblamoqda. Mahalliy aholiga milliy xavfsizlik kuchlari ko‘rsatmalariga amal qilish aytilgan.
Shu bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyatni monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi Directorate 4’ning ma'lum qilishicha, hujum Suriya qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
16:17 / 11.02.2026
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
09:21 / 11.02.2026
Tramp Eronga “juda qattiq choralar” va yana bir aviatashuvchi bilan tahdid qilmoqda
08:22 / 09.02.2026