Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyadagi to‘g‘onning o‘pirilishi tufayli halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Keniyadagi to‘g‘onning o‘pirilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi, deya xabar berdi Capital FM Rift vodiysi jinoiy ishlarni tergov qilish departamenti rahbari Gideon Kibunjaga asosan.
Avvalroq, 27 kishi halok bo‘lgani va 39 inson jarohat olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Hozirgi vaqtga kelib 38 jasadni aniqladik, qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etyapti", - deya ma'lum qilgan Kibunja.
Subukia tumanidagi “Patel” to‘g‘onining o‘pirilishi payshanbaga o‘tar tunda sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida qator qishloqlar suv ostida qolgan. Avvalroq, to‘g‘on o‘pirilishi, suv toshqini va vayronagarchiliklar tufayli kamida 2,5 ming kishi jabrlangani xabar berilgandi. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilgan tumanda evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026
Keniyaliklarni RF urushiga yollash: ayblanuvchi qo‘lga olindi
13:51 / 20.02.2026