Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Real" safarda "Sevilya"dan mag‘lub bo‘ldi
Ispaniya chempionati 34-turining qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi.
"Sevilya" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
26-daqiqada Ben-Yyedder mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada Layyun oradagi farqni oshirdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 6 daqiqa qolganida Ramos o‘z darvozasiga gol kiritib, hisobning yirik bo‘lishini ta'minladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Mayoral madridliklarning ilk golini kiritdi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda esa Ramos penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Sevilya – Real Madrid 3:2
Gollar: 1:0 – 26 Ben-Yyedder, 2:0 – 45 Layyun, 3:0 – 84, avtogol Ramos, 3:1 – 87 Mayoral, 3:2 – 90, penalti Ramos.
Sevilya – Soriya, Langle, Parexa, Eskudero, Merkado, Nzonzi, Pisarro, Vaskes (Mesa, 79), Layyun, Muriel (Sandro Ramires, 62), Ben-Yyedder (Karrisu, 81).
Real Madrid – Kasilya, Valexo, Teo, Nacho, Ramos, Sebalos (Mayoral, 70), Kazemiro (Lorente, 87), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Merkado (42), Pisarro (69), Ramos (83), Eskudero (90).