Jahon | 00:30 / 10.05.2018
6344
1 daqiqa o‘qiladi

Makron AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini xato deb atadi

Foto: AP/Charles Platiau/Pool

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini xato deb hisoblashini aytdi. Makron bunday fikrni Germaniyaning Axen shahriga tashrifi vaqtida ARD nemis telekanaliga bergan intervyusida aytgan. 

“Men AQSh prezidenti qaroridan afsusdaman. Fikrimcha, bu xato qarordir, chunki biz, yevropaliklar bu kelishuvda qolishga qaror qildik”, deb aytgan Makron.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid