Jahon | 22:42 / 10.05.2018
8899
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp IShIDning eng qidiriluvchi 5 yetakchisi ushlanganini ma'lum qildi  

Maxsus xizmatlar IShIDning eng qidiriluvchi 5 yetakchisini ushlashdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda ma'lum qilgan.  

“IShIDning eng qidiriluvchi 5 yetakchisi ushlandi!”, deb yozgan Tramp. Biroq u na qo‘lga olingan jangarilarning ismlarini, na ularni tutish bo‘yicha operatsiya detallarini keltirib o‘tgan.

Mavzuga oid