O‘zbekistonda AKTning rivoji va kelgusi rejalar haqida ma'lumot berilishi kutilmoqda
Joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida O‘zbekistonda AKT sohasi, IT ta'lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinishi kutilayotgan #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tishi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangandi. Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil etilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmadxo‘jayev «O‘zbekiston ICT cohasi: hozirgi holat va istiqbol» mavzusida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK Bosh direktori Farhod Ro‘ziyev milliy operatorning tubdan isloh qilinishi borasida fikr va rejalarini ommaga tanishtiradi.
Mavzuga oid
14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi
13:30 / 02.01.2024
O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda
10:10 / 05.06.2023
AKTni joriy etishga mas’ul davlat xizmatchilari har 3 yilda majburiy malaka oshiradi
10:52 / 13.01.2023