10 may kuni soat 19:08da O‘zbekistonda qo‘shni Afg‘onistonda ro‘y bergan yer silkinishi sezildi.
FVV Respublika seysmoprognoz monitoringi markazi axborotiga ko‘ra, magnitudasi — 6, chuqurligi — 200 kilometr, Toshkentdan 520 kilometr janubi-sharqda, Afg‘oniston hududida joylashgan.
Yer osti silkinishlar kuchi hududlar kesimida:
Toshkent — 3 ball;
Farg‘ona — 3 ball;
Jizzax — 3 ball;
Samarqand — 3 ball;
Termiz — 4 ball;
Qarshi — 3 ball.
Vayronaliklar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.