Jamiyat | 18:44 / 11.05.2018
7774
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda yong‘in, bir kishi halok bo‘ldi

10 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida  yashagan V.K.ni uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in  o‘chirildi. Natijada uyining ma'lum qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan. 

V.K. tutundan dimiqqan holda topilib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

 

Mavzuga oid