O‘zbekiston | 13:31 / 11.05.2018
19381
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat raqobat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. KUN.UZ’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 10 may kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.

Unga ko‘ra, Najmiddinxo‘ja Shuhratovich Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uchun: Najmiddinxo‘ja Sharipov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2017 yil oktabr oyidan Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari sho‘'basining mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv xo‘jaligi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlangani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid