Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyevga ikki nafar örinbosar tayinlandi. KUN.UZ’ning hukumatdagi manbasi xabar berişiça, davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 8 may kuni tegişli qarorlarni imzolagan.

Xususan, prezident qarori bilan Bahodir Qöçqoroviç Röziboyev Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Qöçqoroviç Röziboyev
Foto: Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligi

Şuningdek, tegişli qaror bilan Ravşan Aminaddinoviç Mamutov Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirining örinbosari lavozimini egalladi.

Ravşan Aminaddinoviç Mamutov
Foto: Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligi

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyi örtalarida Qişloq va suv xöjaligi vazirligi ikkiga ajratilib, vazirlik örnida Qişloq xöjaligi vazirligi va Suv xöjaligi vazirligi tuzilgandi. Suv xöjaligi vazirligiga sobiq Qişloq va suv xöjaligi vazirligida vazirning suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgan Şavkat Hamroyev vazir etib tayinlangan.