Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqiga professional armiya kerakligi fikri bildirildi
Foto: EPA-EFE/CLAUDIO GIOVANNINI
Yevropa ittifoqining professional armiyasini tashkil etish uning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur, Bunday fikrni 11 may kuni Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Florentsiyada o‘tgan “Ittifoq holati” dedb nomlangan anjumanda bildirgan.
“Xavfsizlikni ta'minlash uchun professional armiya lozim”, deb aytgan Mogerini. U “yumshoq va qattiq kuchlarni” uyg‘unlashtirish zarurligini ta'kidlab o‘tgan. “Tinchlikni saqlash diplomatiya, boshqacha aytganda, yumshoq kuch zarur, biroq ba'zida qattiq kuch ham kerak bo‘ladi”, deb aytgan Mogerini.
U ayni vaqtda dunyo “alg‘ov-dalg‘ov holatda” ekanini ta'kidlab o‘tgan. “Dunyoning kayfiyati – vayrongarchilik va o‘zaro haqoratlash birorta muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Bizga osoyishta, ongli, sabotli murosa lozim”, deb qo‘shimcha qilgan ayol siyosatchi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:20 / 02.03.2024