Jahon | 09:37 / 11.05.2018
3461
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala Venesuela va Shvetsiyadan elchilarini chaqirtirib olishni so‘radi

Foto: Nir Alon /globallookpress

Gvatemala Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiya va Venesuela hukumatidan o‘z elchilarini ortga chaqirtirib olishni so‘radi, bu «ichki ishlarga aralashuv» tufayli yuz berdi. Bu haqda Gvatemala TIV saytidagi xabarda aytiladi.

«Elchilar Anders Kompass va Elena Alisiya Salsedo Poleo vazifalarini bajarish chog‘ida o‘ziga Gvatemala davlati ichki ishlariga aralashuv bo‘lgan funksiyalarni olgani va bu mamlakat tashqi siyosatiga mos kelmasligi tufayli, ularni ortga chaqirtirib olish haqida murojaatlar yuborildi», - deya ma'lum qilishgan tashqi siyosat idorasidan.

Ta'kidlanishicha, murojaatlarni yuborish elchilar Gvatemalada non-grat shaxslar deb e'lon qilinganini anglatmaydi.

Xabarda ko‘rsatilishicha, Gvatemala hukumati Shvetsiya va Venesuela elchilikka yangi nomzodlarni ko‘rsatishini kutmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid