Iqtisodiyot | 12:31 / 11.05.2018
44927
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston davlat qarzi haqida ma'lumot berildi

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonning davlat qarzi bir yil davomida 20 foizga oshdi va qariyb 15 trillion tenge (45,45 milliard dollar)ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda finprom.kz. 

2018 yil mart oyida Qozog‘iston Respublikasining davlat qarzi 14,8 trln tengeni tashkil etdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 20,9%ga ko‘p (12,3 trillion tg, $37,3 mlrd).

Mamlakatning umumiy davlat qarzi davlat qarzidan - 14,3 trillion tg (43,3 mlrd dollar, yillik o‘sish - 20,1%), davlat tomonidan kafolatlangan qarzlar - 428,5 mlrd tg (1,3 mlrd dollar, o‘sish -59,4%) va davlat kafolati ostidagi qarzlardan iborat - 37,8 milliard tg (114,5 million dollar).

Davlat qarzi o‘sishiga ta'sir ko‘rsatgan asosiy omilga hukumatning ichki qarzi aylandi (39,5%). Bir yil mobaynida u 30,9%ga ortdi, 4,4 tg.dan 5,7 trln tg. (13,3 mlrd dollardan 17,2 mlrd dollar)ga oshdi. Shu bilan birga, tashqi qarz deyarli o‘zgarmadi – o‘sish 0,1% yoki 5 mlrd tg (15,15 mln dollar).

Oxirgi 5 yilda davlat qarzi 3,7 baravarga (10,8 trillion tg), 4 trln tg.dan 14,8 trln tg.ga o‘sdi.

Mavzuga oid