Jahon | 18:15 / 11.05.2018
23277
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 9 may kuni portlashlar sodir etishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Foto: v-gornom.ru

Moskvada 9 may kuni arafasida Rossiya poytaxtidagi «Bessmertnyy polk» aksiyasiga hujum amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan terrorchilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birdaniga bir nechta guruhlar qo‘lga olindi, ular portlashlarni sodir etishi kerak bo‘lgan, buning uchun lozim bo‘lgan barcha narsa tayyor holatda turgan.

«Ular Sibirdan, Novyy Urengoydan kelgan. U yerda 17ta tintuv o‘tkazildi hamda 20 kishi qo‘lga olindi», - deya xabar bergan Siromolotov.

Uning ta'kidlashicha, 21 apreldan 24 aprelga qadar bo‘lgan davrda 26 terrorchi yo‘q qilingan.

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining eslatishicha, 2017 yilda Rossiya maxsus xizmatlari Sankt-Peterburgdagi guruh bo‘yicha ishlashgan, u ham «Bessmertnyy polk» aksiyasidan avval teraktlarga tayyorgarlik ko‘rgan. Shu ishlarning yakuniga ko‘ra, maxsus xizmatlar «Sibirdagi zaxira guruhi» iziga tushgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid