Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinch okeanida 6 tonnalik kokain moddasi ushlandi
AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kemalari Florida shtatining portlaridan biriga Tinch okeanining sharqiy qismida o‘tkazilgan 2 oylik amaliyot davomida ushlangan 6 tonna kokainni yetkazdi.
Fevral oxiridan aprel o‘rtalarigacha davom etgan patrullash davomida xizmatning 3 ta kateri ishtirok etgan. Ma'lum qilinishicha, giyohvand modda Meksika hamda Markaziy va Janubiy Amerika sohillari yaqinidagi xalqaro suvlarda tutilgan 6 ta turli kemadan musodara qilingan.
Bunda James kateri ekipaji ayniqsa jonbozlik ko‘rsatgan. U uchta kemadan 2 tonnadan ko‘proq kokain moddasini musodara qilgan.
Qora bozorda umumiy narxi 180 mln dollarni tashkil qiluvchi ushbu kokain partiyasi yo‘q qilinish uchun Fort-Loderdeyl shahri portida tushirilgan.
Mavzuga oid
17:59
Gallup AQSh prezidentining ma’qullash reytingini e’lon qilishni to‘xtatadi
15:52
Zelenskiy: Yangi muzokaralar 17–18 fevral kunlari AQShda rejalashtirilmoqda
14:21
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
14:05