Jahon | 01:16 / 11.05.2018
4600
1 daqiqa o‘qiladi

Turk xoldingi Qozog‘istonda quyosh elektr stansiyasi quradi 

Turkiyaning Çalık Holding xoldingi Qozog‘istonda dastlabki bosqichda quvvati 50 MVtni tashqil qiluvchi quyosh elektr stansiyasi barpo etadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri ma'muriyati ma'lum qildi.

Stantsiyaning qurilishi Qozog‘iston delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davomida muhokama qilingan. Çalık Holding Qozog‘istonda quyosh elektr stansiyasi qurishga qiziqish bildirgan. 

Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasining Yıldırım Holding rahbariyati bilan uchrashuvida tog‘-kon sanoatidagi loyihalar muhokama qilingan. Xolding va Qozog‘iston geologik kompaniyasi geologik-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzish haqidagi kelishuvni imzolagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid