Iqtisodiyot | 16:22 / 11.05.2018
47435
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2018 yil 1 may holatiga ko‘ra oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

Unga ko‘ra respublika oltin-valyuta zaxirasi 28,35 mlrd dollarni tashkil qildi.

Ulardan 14,41 mlrd – xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,9 mlrd – monetar oltin.

1 may holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari 27,08 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 aprel holatiga ko‘ra respublika oltin-valyuta zaxirasi 28,4 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

 

Mavzuga oid