Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valyuta birjasida dollar kursi 8017 so‘mgacha tushib ketdi
Foto: iStock
O‘zbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 8017 so‘m. Bundan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.
Yanvar oyining boshida Amerika valyutasi 8140 so‘mdan sotilgandi, fevralda esa u 8192 so‘mlik ko‘rsatkichga yetgan. 2 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich pasayish boshlandi va 27 mart kuni dollar joriy yilda birinchi marotaba 8100 so‘mdan pastga tushib ketdi. May oyida Amerika valyutasi 8050 so‘mgacha arzonlashdi, keyin esa 8030 so‘mgacha tushdi.
Shu tariqa, 2017 yilning kuzidan beri birinchi marotaba milliy valyuta bir dollar uchun 8000 so‘mlik psixologik belgiga yaqinlashdi, deb yozmoqda Spot.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq valyuta birjasida dollar kursi 8030 so‘mga yaqinlashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:36 / 06.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush dollarga talabni yana oshirdi. Nega?
13:21 / 26.02.2026
Toshkentda 48 ming dollarni 600 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi
18:35 / 22.02.2026
Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi
18:54 / 02.02.2026