Özbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlaştiriş boşlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 8030 söm. Bundan Özbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.
Yanvar oyining boşida Amerika valyutasi 8140 sömdan sotilgandi, fevralda esa u 8192 sömlik körsatkiçga yetgan. 2 fevraldan boşlab bosqiçma-bosqiç pasayiş boşlandi va 27 mart kuni dollar joriy yilda birinçi marotaba 8100 sömdan pastga tuşib ketdi. May oyida Amerika valyutasi 8050 sömgaça arzonlaşdi.
Markaziy bank 10 sentabrda 8060 sömdan past bölmagan darajada kurs örnatdi (öşanda bu körsatkiç 8052 sömni taşkil etdi), bu esa valyutani erkinlaştiriş boşlanişidan beri eng past darajadir. 8 maydan boşlab dollar kursi 8060 sömni taşkil etdi - 2017 yilning oktabridan buyon birinçi marta.












