Jahon | 23:35 / 11.05.2018
10739
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy yarimshardagi eng katta to‘lqin qayd qilindi

Foto: Eloy Alonso / Reuters

Avtomatik meteorologik stansiya Kempbell oroli yaqinida balandligi 23,8 metrlik to‘lqinni qayd qildi. Bu ochiq okeanda, Janubiy yarimsharda qayd qilingan eng katta to‘lqin bo‘ldi. 

To‘lqin Yangi Zelandiyadan 700 km janubda kuchli bo‘ron vaqtida yuzaga kelgan. Bu to‘lqin Janubiy yarimsharda 2012 yilda kuzatilgan 22,03 metrlik to‘lqinning rekordini yangiladi. Olimlarning aytishicha, bo‘ron bundan ham balandroq to‘lqinlarni hosil qilgan bo‘lishi mumkin, biroq buy ularni qayd qilmagan.  

Tarixdagi eng katta to‘lqin 1958 yilda Lituyya ko‘rfazidagi (Alyaska) zilzila oqibatida yuzaga kelgan. O‘shanda suv sathi tor buxtaga katta hajmdagi jinslarning tushishi oqibatida 500 metrdan balandroqqa ko‘tarilgan.

Mavzuga oid