Facebook o‘z kriptovalyutasini ishga tushirish niyatida
Facebook o‘z kriptovalyutasini ishga tushirish niyatida. Bu haqda Cheddar portali kompaniyadagi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qildi.
Kriptovalyuta ijtimoiy tarmoq doirasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Manbalar so‘zlariga ko‘ra, Facebook’ning bu sohadagi ishi yillar davomida cho‘zilib ketishi mumkin hamda blokcheyn va kriptovalyutalar ustida ishlovchi boshqa kompaniyalarni xarid qilishni talab qiladi.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Facebook’da, Telegram’dan farqli tarzda, ICO o‘tkazish rejalari yo‘q, ya'ni kompaniya tokenlarning cheklangan miqdorini ommaviy sotuvga qo‘ymaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda Facebook’dagi «Rossiya ishi» bo‘yicha reklama e'lon qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:32
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
14:41 / 24.07.2024
Notkoin sotgan yana bir yigit 10 sutkaga qamaldi
13:58 / 21.07.2024