AQSh kongressining vakillari palatasi razvedka bo‘yicha qo‘mitasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bilan bog‘liq reklama e'lonlarini ochiqlaydi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, e'lonlar bir hafta davomida taqdim etiladi. Biroq, e'lon qilish muddati ortga surilishi mumkin, sababi demokratlar Facebook ma'muriyati bilan kelishuvga erisha olmayapti. Tomonlar foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotni yashirish lozimligi haqida bahslashmoqda. Qayd etilishicha, ushbu foydalanuvchilar reklama e'lonlariga izoh qoldirishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning 2016 yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvini surishtiruvdan o‘tkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller Donald prezident Trampni sudga chaqirtirish bilan tahdid qilgandi