Jamiyat | 10:09 / 12.05.2018
22885
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Farovon” choyxonasida “mazali” mavsum boshlanmoqda

Tez orada bahor o‘z o‘rnini yozga bo‘shatadi. Odamlar yana tog‘larga talpinadi, u yerda ishlarni birozga bo‘lsa ham unutib, mazali ovqatlardan bahramand bo‘lish mumkin. Yaxshi tayyorlangan taom - bu ishdan keyin ruhiy muvozanatni tiklashning ajoyib usuli. Mana shuning uchun ko‘pchilik tog‘larga tor yo‘llardan yurish uchun emas, balki o‘zbek milliy taomlari uchun keladi.

Baland qoyalar orasida dam oluvchilarni “Farovon” nomli choyxona kutib oladi – bu yerda zamonaviylik eski an'analar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ajoyib, mazali mastava va sho‘rva – bularning bari xuddi bizning bobo va buvilarimiz tayyorlagandek o‘zgacha mehr bilan pishiriladi. Bu yerda taomlarni birinchi marta tatib ko‘rganlar esa xuddi bolalikni esga olgandek tabassum qiladi. Bu hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydigan nostalgiya tuyg‘usi.

Choyxonaning joylashgan yeri ajablanarli darajada chiroyli. Vodiy uzra ko‘tarilgan tog‘larga nazar tashlab, dunyodagi hamma narsani unutish mumkin. Hamma joyda yashillik va toza havo. Choyxonada juda qulay ayvonlar bor, ularga joylashib, cheksiz osmon uzra osoyishtalik bilan suzib borayotgan bulutlarni kuzatish imkoni bor. Mana shular yozning baxtli onlaridir.

“Farovon” - bu o‘zgacha joy deb nomlanishi mumkin bo‘lgan yer. Mazali ovqatlar va go‘zal tabiatga qaramay, ushbu choyxonada dam olish juda arzonga tushadi. Aytgancha, “Farovon” “bochka”dagi dam oluvchilarning xotirjamlik va qulayligiga katta e'tibor qaratuvchi yagona joydir. Choyxonada bolalar uchun o‘yin maydoni mavjud. Bolalar bemalol o‘ynaydi, ota-onalar esa xotirjam dam olishadi. Hamma xursand.

Yoz boshlanishi bilan “Farovon” yangi mavsumni boshlab, mehmonlarga o‘z eshiklarini ochadi. Odamlarni xursand qilish uchun restoran ajoyib aksiyani amalga oshirishga qaror qildi. Mastavaga har bir buyurtma qilinganida, boshqa bir porsiya bepul taqdim etiladi va uni do‘stingiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Ushbu foydali taklif bir oy davom etadi, shuning uchun tog‘larga sayohat qilishni rejalashtirish haqida o‘ylay boshlash kerak.

“Farovon” - tepaliklarga chiqishdan oldin yaxshi kayfiyat va quvvat bilan ta'minlab beruvchi ideal joy. Dam olganingizdan so‘ng, choyxonaga yana qaytib kirishingiz, yaqinlaringiz bilan qiziqarli taassurotlarni almashishingiz va qalbga mehr ulashuvchi sharqona oshxonaning taomlaridan bahramand bo‘lishingiz kerak. Bu o‘zgacha baxtiyorlik hissiyotini beradi.

Telefon:+99895 142 66 00

Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq, Bochka.

Facebook: Gornaya chayxana - Farovon

Instagram: farovon_bochka_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid