Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh prokurori eksportchilar bilan uchrashdi
Arxiv foto/Xabar.uz
2018 yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Otabek Murodov raisligida, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari N.Otajonov va Z.Mirzayevlar ishtirokida «Uzexpo» markazida mamlakatning 600 ga yaqin eksportchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Bosh prokuratura boshqarmalari boshliqlari va eksport bo‘yicha shtab a'zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bosh vazir o‘rinbosarlari va bosh prokuror tomonidan eksportchilarning muammolari atroflicha muhokama qilindi, tadbirkorlarning savollariga javob qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva va sabzavotlar eksportiga oid muammolar kuzatilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026