Jahon | 21:08 / 13.05.2018
4153
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Shimoliy Koreyadagi hokimiyatni o‘zgartirish maqsadi yo‘q – Pompeo 

Foto: AP/Pablo Martinez Monsivais

AQShga Shimoliy Koreya hokimiyatini o‘zgartirish emas, balki uzoq muddatli kelishuvlar zarur, deb aytdi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News’ga bergan intervyusida. 

Pompeoning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni o‘zgartirishga emas, “uzoq muddatli kelishuvga” intiladi.

“Umid qilamizki, Kim strategik o‘zgarishlarni istaydi, prezident Tramp esa bunda unga yordam berishga tayyor”, deb aytgan Shimoliy Koreyaga ikkinchi marta tashrif buyurgan Pompeo. 

Uning tan olishicha, AQShga kelishuv haqiqatga aylanishi uchun Shimoliy Koreya kabi yon bosishiga to‘g‘ri keladi. “Agar biz tarixiy natijaga erisha olsak, ikkala tomon ham birdek o‘yinga kirishishiga to‘g‘ri keladi”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.

Avvalroq Tramp va Kim Chen In 12 iyunda Singapurda uchrashishlari hamda Shimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirishni muhokama qilishmoqchiligi ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid