O‘zbekiston | 00:36 / 13.05.2018
5153
1 daqiqa o‘qiladi

Huquqiy maslahat beruvchi sub'yektlar doirasi kengaytiriladi

Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining huquqiy maslahatlar xizmatini ko‘rsatuvchi sub'yektlar doirasini kengaytiri​ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida shunday deyiladi.

Farmonga muvofiq, joriy yilning 1 avgustidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining huquqiy maslahatlar xizmatini ko‘rsatuvchi sub'yektlar doirasini kengaytirish haqidagi takliflariga rozilik beriladi.

Tijorat tashkilotlari yuridik maslahat xizmatlarini litsenziya olmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Biroq, qayd etilgan tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlarda vakillik qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid