Falastinda 3 kunlik motam e'lon qilindi
Falastin yetakchisi Mahmud Abbos isroillik harbiylar tomonidan 14 may kuni otib tashlangan o‘nlab falastinliklarning xotirasiga 3 kunlik motam va Naqbaning (milliy falokat) 70 yilligi munosabati bilan ish tashlash o‘tkazilishini e'lon qildi.
G‘azoda Isroil tashkil topganining 70 yilligi va bu yubileyga bag‘ishlab AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi sababli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Isroillik askarlar barcha namoyishchilarni o‘qqa tutmoqda. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 52 kishini tashkil qilmoqda.
Yana 2,4 mingdan ko‘proq odam yarador bo‘lgan. 15 may kuni falastinliklar ish tashlash aksiyasini o‘tkazishmoqchi.
Mahmud Abbosning ta'kidlashicha, Falastin AQShni Falastin-Isroil ixtilofida vositachi sifatida qabul qilmaydi va bir davlat emas, balki bir qator davlatlar ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni istamoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024