Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda chet ellik kikbokschilar ommaviy zaharlandi
Qirg‘izistonga kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashish uchun kelgan xorijiy sportchilar ommaviy ravishda zaharlandi. Bunga, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, salmonellali zapekanka (toblama, toblab qizartirib pishirilgan ovqat) sabab bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan seshanba kuni Issiqko‘l qirg‘og‘idagi “Avrora” sanatoriy-mehmonxona majmuasining 18 xodimi va mehmonlari, jumladan, Eron, Iroq hamda BAAdan bo‘lgan va xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun kelgan yetti sportchi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergandi. Keyinchalik zaharlanganlar soni 24 kishiga yetdi. Barcha jabrlanganlar qoniqarli ahvolda, ularning ko‘pchiligiga javob berilgan.
"Ushbu zaharlanish sabablarini aniqlash uchun sakkiz nafar bemor va ovqat tayyorlash blokining 13 ishchisidan laborator tadqiqotlar uchun tahlil namunalari olindi. Taxminlarga ko‘ra, zaharlanishga zapekanka sabab bo‘lgan. Laborator tadqiqotlarining dastlabki natijalariga qaraganda, salmonella topildi", - deya aytib o‘tgan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026