Iqtisodiyot | 10:20 / 14.05.2018
23145
15 daqiqa o‘qiladi

Trillionlab dollarlik biznes. Forbes AQShning eng yirik kompaniyalarini ma'lum qildi

Forbes talqiniga ko‘ra, Apple korporatsiyasi, Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi va JP Morgan Chase moliyaviy guruhi AQShning eng yirik kompaniyalari ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Reytingni tuzishda daromad, foyda, aktivlar va kompaniyaning 2018 yil 17 aprel kungi holatda bozordagi qiymati hisobga olindi. Har bir ko‘rsatkich uchun ballar berildi: ular qanchalik ko‘p bo‘lsa – kompaniyaning ro‘yxatdagi o‘rni shuncha yuqori bo‘ldi.

20. Morgan Stanley

Foto: Getty Images

Nyu-York

Daromad: $43,6 mlrd

Foyda: $6,2 mlrd

Aktivlar: $852,6 mlrd

Bozordagi qiymat: $94,4 mlrd

Morgan Stanley bang xoldingi 1935 yilda Genri Morgan va Garold Stenli tomonidan investitsion amaliyotlarni bajarish uchun tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda bu 42 davlatda 1300 ofisdan iborat tarmoqqa egalik qiluvchi transmilliy moliyaviy korporatsiya. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari – iste'mol krediti, korporativ aktivlarni boshqarish, birja faoliyati, brokerlik xizmatlari va investitsion maslahatlar.

20. IBM

Foto: Reuters

Armonk (Nyu-York)

Daromad$79,1 mlrd

Foyda: $5,8 mlrd

Aktivlar: $125,4 mlrd

Bozordagi qiymat: $148,2 mlrd

IBM kompaniyasi – uskunalar va dasturiy ta'minotning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hamda yetkazib beruvchilaridan biri. Kompaniya o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan maslahat va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi; hozirgi vaqtda Global Services bo‘linmalari IBM tuzilmasida eng ko‘p daromad keltiruvchi sanaladi. Boshqa muhim bo‘linmalar - Software Group (dasturiy ta'minot), Systems & Technology Group (uskunalar ishlab chiqarish), Watson Group (kognitiv hisob-kitoblar), shuningdek, IBM Research tadqiqot bo‘linmasi.

19. Boeing

Foto: Reuters

Chikago (Illinoys)

Daromad: $93,4 mlrd

Foyda: $8,2 mlrd

Aktivlar: $92,3 mlrd

Bozordagi qiymat: $197,7 mlrd

Boeing shu nomdagi samolyotlar, shuningdek, kosmik va harbiy texnikani ishlab chiqaradi. 2017 yilda kompaniya Forbes aviasozlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Boeing model qatorasida tijorat va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar, raketalar, sun'iy yo‘ldoshlar, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, aloqa tizimlari bor. Boeing kosmik qurilmalarni uchirish, aviatsiya texnikasini ta'mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ham taklif etadi. Boeing tuzilmasiga Boeing Engineering Operations & Technology va Shared Services Group bo‘linmalari ham kiradi, ular turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi. Kompaniya o‘z mahsulotini 90ta davlatga yetkazib beradi.

16. Procter & Gamble

Foto: Getty Images

Tsintsinnati (Ogayo)

Daromad: $65,7 mlrd

Foyda: $10,1 mlrd

Aktivlar: $126,6 mlrd

Bozordagi qiymat: $197,7 mlrd

Procter & Gamble transmilliy kompaniyasi XIX asrning o‘rtalaridan beri faoliyat ko‘rsatib keladi. Bu iste'mol tovarlari bo‘yicha jahon bozoridagi yetakchilardan biri: P&G’ga yillik sotuvlari hajmi 500 mln dollardan yuqori bo‘lgan 40ta brend tegishli. Bu Tide va Fairy yuvish vositalari, Pampers tagliklari, Gillette ustaralari, Braun maishiy texnikasi va boshqa ko‘plab brendlar. Kompaniyada hammasi bo‘lib 80 davlatda 130 000 kishi ishlaydi.

16. Intel

Foto: Getty Images

Santa-Klara (Kaliforniya)

Daromad$62,8 mlrd

Foyda: $9,6 mlrd

Aktivlar: $123,2 mlrd

Bozordagi qiymat$250,5 mlrd

Intel mikroprotsessorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, 2017 yilga qadar ularni chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchilikni o‘z qo‘lida ushlab turgan. Kompaniya mahsuloti kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, serverlar, avtomobillar, ishlab chiqarish tarmoqlari va tibbiy uskunalarda ishlatiladi. 2005 yildan beri Apple kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun Intel chiplaridan foydalanadi. Bundan tashqari, Intel dasturiy ta'minot ishlab chiqadi, shuningdek, kiberxavfsizlik va texnologik integratsiya sohasida maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya 60 davlatda o‘z ofislariga ega, xodimlari umumiy soni – 106 000 kishi.

16. Amazon.com

Foto: Reuters

Sietl (Vashington)

Daromad: $177,9 mlrd

Foyda: $3 mlrd

Aktivlar: $131,3  mlrd

Bozordagi qiymat: $728 mlrd

1994 yilda kitoblarni onlayn sotish uchun asos solingan kompaniya bugungi kunda dunyodagi eng yirik internet-do‘konga aylandi. Morgan Stanley baholashicha, Amazon Shimoliy Amerikada eng yirik kiyim-kechak do‘konlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, bu AQSh tarixidagi eng tez o‘suvchi kompaniya: Amazon $1 trln.lik rekord kapitalizatsiya tomon hammadan tez ketmoqda. 2017 yilda kompaniyada 560 000 kishi ishlagan.

15. Pfizer

Foto: Getty Images

Nyu-York

Daromad: $52,5 mlrd

Foyda: $21,3 mlrd

Aktivlar: $171,8  mlrd

Bozordagi qiymat: $216,1 mlrd

Pfizer jahondagi eng yirik farmatsevtik kompaniyalar sirasiga kirib, eng birinchilardan bo‘lib penitsillin ishlab chiqarishni boshlagan: bu firma o‘tgan yilning qirqinchi yillarida antibiotik chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bugungi kunda Pfizer keng tarqalgan dori preparatlari, vaksinalar va tish pastalarini chiqaradi. Kompaniyada taxminan 96 000 kishi ishlaydi.

14. Comcast

Foto: DR

Filadelfiya (Pensilvaniya)

Daromad$84,5 mlrd

Foyda: $22,7 mlrd

Aktivlar: $186,9 mlrd

Bozordagi qiymat$154,5 mlrd

Comcast jahondagi eng yirik efirga uzatish kompaniyasi hisoblanadi. U AQShda ikkinchi eng yirik pullik televideniye operatoridir (AT&T’dan keyin); bundan tashqari, kompaniya Shimoliy Amerikadagi telefon aloqasi operatorlari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi.

12. UnitedHealth Group

Foto: AP / TASS

Minneapolis (Minnesota)

Daromad: $207,6 mlrd

Foyda: $11,2 mlrd

Aktivlar: $155,6 mlrd

Bozordagi qiymat: $230,8 mlrd

AQShda tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eng yirik kompaniyasi 100 mln.dan ortiq mijoz bilan ishlaydi. Bundan tashqari, UnitedHealth Group aktivlarni boshqarish, biznes-jarayonlarni autsorsga olish va mijozlarga ixtisoslashtirilgan dasturiy ta'minot yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

12. Chevron

Foto: Getty Images

San-Ramon (Kaliforniya)

Daromad: $134,8 mlrd

Foyda: $9,2 mlrd

Aktivlar: $253,8 mlrd

Bozordagi qiymat: $232,1 mlrd

Kompaniya dunyoning turli mintaqalarida neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadi. Chevron AQSh, Tailand, JAR va Kanadagi neftni qayta ishlash zavodlariga ega, Janubiy Koreya, Singapur, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Pokistonda mahalliy o‘yinchilar bilan qo‘shma korxonalari bor. Chevron Amerikaning yetakchi neft-kimyo kompaniyalari Chevron Phillips va Chemical Company’ning 50 foizini nazorat qiladi.

11. Alphabet

Foto: AP / TASS

Mauntin-Vyu (Kaliforniya)

Daromad$111 mlrd

Foyda: $12,7 mlrd

Aktivlar: $197,3 mlrd

Bozordagi qiymat: $750,5 mlrd

Alphabet – tarkibiga Google korporatsiyasi, shuningdek, Verily, Calico, X, Nest, GV, Google Capital va Access/Google Fiber kompaniyalari kiruvchi xoldingning texnik nomi. Xolding 2015 yilda tashkil etildi, bu internet-kompaniyalarni investitsion va ilmiy-tadqiqot bo‘linmalardan ajratish uchun qilindi. 2016 yilning fevral va mayida Alphabet bozordagi qiymat bo‘yicha Apple’dan o‘tib ketdi. 2017 yilda xolding Yevrokomissiya tomonidan qidiruv tizimlari bozorida yetakchi holatini suiiste'mol qilgani uchun 2,42 mlrd yevrolik jarimaga tortildi. Shuningdek, Alphabet bo‘linmalari sun'iy idrok va haydovchisiz avtomobillar bilan shug‘ullanadi.

10. Wal-Mart Stores

Foto: AP / TASS

Bentonvil (Arkanzas)

Daromad: $500.3 mlrd

Foyda: $9.9 mlrd

Aktivlar: $204.5 mlrd

Bozordagi qiymat: $259.4 mlrd

Qo‘shma Shtatlarda Walmart gipermarketlari juda mashhur, ularda deyarli barcha narsani topish mumkin – tish tozalagichdan tortib muzlatgichga qadar. Sem Uoltonning tarmog‘i ultrakatta do‘konlar shaklini tanladi, ularda butun bir kunni ham o‘tkazsa bo‘ladi. Kompaniya jahonning 28 davlatida chakana va ulgurji savdo bo‘yicha eng yirik tarmoqni boshqaradi, asosiy mintaqalar – AQSh, Meksika, Kanada, Janubiy Amerika, Buyuk Britaniya, JAR, Xitoy va Yaponiya.

9. Microsoft

Foto: AP / TASS

Redmond (Vashington)

Daromad: $98,4 mlrd

Foyda: $11,6 mlrd

Aktivlar: $256 mlrd

Bozordagi qiymat: $739,7 mlrd

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimi va Office dasturiy ta'minoti bilan mashhur, biroq zamonaviy Microsoft – bu faqat kompyuter softi emas. Bill Geytsning kompaniyasi Xbox o‘yin qurilmalari, Microsoft Dynamics tashkilotlari uchun CRM-tizimlar va Lumia mobil telefonlarini sotadi. Kompaniya so‘nggi yillarda IT bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab servislarni sotib oldi: Skype va Minecraft o‘yini.

8. Verizon Communications

Foto: DR

Baskin-Ridj (Nyu-Djyersi)

Daromad$126 mlrd

Foyda: $30,1 mlrd

Aktivlar: $257,1 mlrd

Bozordagi qiymat$201,7 mlrd

Verizon Communications telekommunikatsiya kompaniyasi mobil aloqa, internet, kabel televideniyesi va ma'lumotlarni bulutli saqlash servisini taqdim etish bilan shug‘ullanadi. 2016 yilda Verizon Communications jahondagi telekommunikatsion kompaniyalar orasida bozordagi qiymat bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (Xitoyning China Mobile’idan keyin).

7. Wells Fargo

Foto: DR

San-Frantsisko (Kaliforniya)

Daromad: $103,2 mlrd

Foyda: $22,5 mlrd

Aktivlar: $1 trln 915,4 mlrd

Bozordagi qiymat: $246,6 mlrd

Wells Fargo korporatsiyasi xuddi Bank of America, Citigroup va JPMorgan Chase kabi AQShdagi banklarning «katta to‘rtligi»ga kiradi. Ular Amerika depozitlari umumiy hajmining 45 foizini o‘zida saqlaydi. Wells Fargo bank sifatida AQShda 6000 bo‘linmaga ega, u yerda 150 000 kishi ishlaydi. Kompaniya sug‘urtalash va aktivlarni boshqari bilan ham shug‘ullanadi.

6. Bank of America

Foto: Getty Images

Sharlott (Shimoliy Karolina)

Daromad: $102,9 mlrd

Foyda: $20,3 mlrd

Aktivlar: $2 trln 328,5 mlrd

Bozordagi qiymat$307,1 mlrd

Bank of America – 100 foizga xususiy kompaniyadir. BofA’da ko‘plab aksiyadorlar bor, ular orasida jismoniy shaxslar va xalqaro investitsion fondlar ham mavjud. Bank of America 40 davlatda ishlaydi, biroq AQSh muhim bozor sifatida e'tirof etiladi: bu yerda bank har bir shtatda bo‘linmalarga ega, amerikaliklarning kamida 10 foizi esa o‘z pullarini BofA’da saqlaydi. Bank umumiy hisobda 46 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi, Bank of America boshqaruvi ostida 1 trln dollardan ortiq miqdordagi aktivlar jamlangan.

5. AT&T

Foto: DR

Dallas (Texas)

Daromad$160,5 mlrd

Foyda: $29,5 mlrd

Aktivlar: $444,1 mlrd

Bozordagi qiymat$217,2 mlrd

AT&T – dunyodagi eng yirik telekommunikatsion kompaniya. Korporatsiya 1885 yilda tashkil etilgan; XX asrda AT&T simli telefon aloqasiga ixtisoslashdi, mobil davr boshidan esa uyali aloqa va internet-xizmatlarni ko‘rsatishga o‘tdi. AT&T 120 mln abonentga ega bo‘lib, ko‘p profilli korporatsiya sanaladi. U hattoki energiya resurslarni qazib olish bilan ham shug‘ullanmoqda - AT&T xususiy neft kompaniyalarning jahon reytingida 16-o‘rinda joylashgan.

4. ExxonMobil

Foto: Reuters

Irving (Texas)

Daromad: $220,4 mlrd

Foyda: $19,7 mlrd

Aktivlar: $348,7 mlrd

Bozordagi qiymat: $331,8 mlrd

Jahondagi eng yirik neft kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab qazib olish ishlarini amalga oshiradi. Korporatsiya Mobil1, Esso, XTO va boshqa ko‘plab brendlar ostida yoqilg‘i-moylash materiallarini sotadi, Kanada, Avstraliya, Afrika va Rossiyada neft hamda gaz qazib olinadi.

3. JPMorgan Chase

Foto: AP / TASS

Nyu-York

Daromad: $117,6 mlrd

Foyda: $26,5 mlrd

Aktivlar: $2609,8 mlrd

Bozordagi qiymat: $375,9 mlrd

Dunyodagi eng yirik va qadimgi moliya tashkilotlaridan biri. JPMorgan Chase jahonning 60 davlatida ishlaydi, xodimlari soni 252 000 kishini tashkil etadi, depozitar aktivlar esa trillionlab dollarga teng. Kompaniya xususiy mijozlar, biznes va hukumat tuzilmalari uchun bank xizmatlari ko‘rsatadi. Xolding tuzilmasidagi eng mashhur bank – Chase. Shuningdek, guruhga AQSh, Yevropa, Avstraliya va offshor hududlardagi (masalan, Kayman orollari) investitsion fondlar kiradi.

1. Berkshire Hathaway

Foto: Getty Images

Omaxa (Nebraska)

Daromad: $241,4 mlrd

Foyda: $44,9 mlrd

Aktivlar: $702,1 mlrd

Bozordagi qiymat: $491,6 mlrd

Uorren Baffetning xoldingi Berkshire Hathaway turli sohalarda sho‘'ba korxonalarni boshqaradi: sug‘urtalash, temiryo‘l transporti, kiyim-kechak ishlab chiqarish, qandolatchilik, zargarlik biznesi. Bundan tashqari, Baffetga Coca-Cola, Wells Fargo, IBM va Apple kompaniyalarida ulush ham tegishli.

1. Apple

Foto: Getty Images

Kupertino (Kaliforniya)

Daromad$238,8 mlrd

Foyda: $50,5 mlrd

Aktivlar: $406,8 mlrd

Bozordagi qiymat: $904,4 mlrd

Apple – Donald Trampning AQShga kapital qaytarish bo‘yicha eng sevimli misollaridan biri. Qo‘shma Shtatlar prezidentining ishonishicha, Amerikadagi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z siyosati tufayli Apple mamlakatga xorijiy yurisdiksiyalardan 252 mlrd dollarni qaytara olgan. IT-gigant o‘z aksiyadorlariga dividendlarni faol to‘laydi va smartfonlar, planshet kompyuterlari hamda olib yuriluvchi elektron qurilmalar uchun yo‘lboshchi maqomini ushlab turibdi. Apple mahsulotini Apple Store chakana savdo do‘konlari tarmog‘i orqali sotadi hamda App Store va ITunes Store onlayn-do‘konlariga ega.

Mavzuga oid