Trillionlab dollarlik biznes. Forbes AQŞning eng yirik kompaniyalarini ma'lum qildi
|15:20 / 14.05.201826 61514 min
Forbes talqiniga köra, Apple korporatsiyasi, Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi va JP Morgan Chase moliyaviy guruhi AQŞning eng yirik kompaniyalari röyxatida yetakçilikni qölga kiritdi. Reytingni tuzişda daromad, foyda, aktivlar va kompaniyaning 2018 yil 17 aprel kungi holatda bozordagi qiymati hisobga olindi. Har bir körsatkiç uçun ballar berildi: ular qançalik köp bölsa – kompaniyaning röyxatdagi örni şunça yuqori böldi.
20. Morgan Stanley
Foto: Getty Images
Nyu-York
Daromad: $43,6 mlrd
Foyda: $6,2 mlrd
Aktivlar: $852,6 mlrd
Bozordagi qiymat: $94,4 mlrd
Morgan Stanley bang xoldingi 1935 yilda Genri Morgan va Garold Stenli tomonidan investitsion amaliyotlarni bajariş uçun taşkil etilgan. Hozirgi vaqtda bu 42 davlatda 1300 ofisdan iborat tarmoqqa egalik qiluvçi transmilliy moliyaviy korporatsiya. Faoliyatning asosiy yönalişlari – iste'mol krediti, korporativ aktivlarni boşqariş, birja faoliyati, brokerlik xizmatlari va investitsion maslahatlar.
20. IBM
Foto: Reuters
Armonk (Nyu-York)
Daromad: $79,1 mlrd
Foyda: $5,8 mlrd
Aktivlar: $125,4 mlrd
Bozordagi qiymat: $148,2 mlrd
IBM kompaniyasi – uskunalar va dasturiy ta'minotning eng yirik işlab çiqaruvçisi hamda yetkazib beruvçilaridan biri. Kompaniya ötgan asrning töqsoninçi yillaridan maslahat va boşqa xizmatlarni ham körsatadi; hozirgi vaqtda Global Services bölinmalari IBM tuzilmasida eng köp daromad keltiruvçi sanaladi. Boşqa muhim bölinmalar - Software Group (dasturiy ta'minot), Systems & Technology Group (uskunalar işlab çiqariş), Watson Group (kognitiv hisob-kitoblar), şuningdek, IBM Research tadqiqot bölinmasi.
Mavzuga oid
19. Boeing
Foto: Reuters
Çikago (Illinoys)
Daromad: $93,4 mlrd
Foyda: $8,2 mlrd
Aktivlar: $92,3 mlrd
Bozordagi qiymat: $197,7 mlrd
Boeing şu nomdagi samolyotlar, şuningdek, kosmik va harbiy texnikani işlab çiqaradi. 2017 yilda kompaniya Forbes aviasozlari reytingida birinçi örinni egalladi. Boeing model qatorasida tijorat va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar, raketalar, sun'iy yöldoşlar, raketalarga qarşi mudofaa tizimlari, aloqa tizimlari bor. Boeing kosmik qurilmalarni uçiriş, aviatsiya texnikasini ta'mirlaş va unga xizmat körsatiş böyiça xizmatlarni ham taklif etadi. Boeing tuzilmasiga Boeing Engineering Operations & Technology va Shared Services Group bölinmalari ham kiradi, ular turli xil xizmatlarni körsatadi. Kompaniya öz mahsulotini 90ta davlatga yetkazib beradi.
16. Procter & Gamble
Foto: Getty Images
Tsintsinnati (Ogayo)
Daromad: $65,7 mlrd
Foyda: $10,1 mlrd
Aktivlar: $126,6 mlrd
Bozordagi qiymat: $197,7 mlrd
Procter & Gamble transmilliy kompaniyasi XIX asrning örtalaridan beri faoliyat körsatib keladi. Bu iste'mol tovarlari böyiça jahon bozoridagi yetakçilardan biri: P&Ğga yillik sotuvlari hajmi 500 mln dollardan yuqori bölgan 40ta brend tegişli. Bu Tide va Fairy yuviş vositalari, Pampers tagliklari, Gillette ustaralari, Braun maişiy texnikasi va boşqa köplab brendlar. Kompaniyada hammasi bölib 80 davlatda 130 000 kişi işlaydi.
16. Intel
Foto: Getty Images
Santa-Klara (Kaliforniya)
Daromad: $62,8 mlrd
Foyda: $9,6 mlrd
Aktivlar: $123,2 mlrd
Bozordagi qiymat: $250,5 mlrd
Intel mikroprotsessorlarni işlab çiqariş böyiça eng yirik kompaniyalardan biri bölib, 2017 yilga qadar ularni çiqariş hajmi böyiça yetakçilikni öz qölida uşlab turgan. Kompaniya mahsuloti kompyuterlar, planşetlar, smartfonlar, serverlar, avtomobillar, işlab çiqariş tarmoqlari va tibbiy uskunalarda işlatiladi. 2005 yildan beri Apple kompaniyasi öz qurilmalari uçun Intel çiplaridan foydalanadi. Bundan taşqari, Intel dasturiy ta'minot işlab çiqadi, şuningdek, kiberxavfsizlik va texnologik integratsiya sohasida maslahat xizmatlarini körsatadi. Kompaniya 60 davlatda öz ofislariga ega, xodimlari umumiy soni – 106 000 kişi.
16. Amazon.com
Foto: Reuters
Sietl (Vaşington)
Daromad: $177,9 mlrd
Foyda: $3 mlrd
Aktivlar: $131,3 mlrd
Bozordagi qiymat: $728 mlrd
1994 yilda kitoblarni onlayn sotiş uçun asos solingan kompaniya bugungi kunda dunyodagi eng yirik internet-dökonga aylandi. Morgan Stanley baholaşiça, Amazon Şimoliy Amerikada eng yirik kiyim-keçak dökonlari orasida ikkinçi örinni egallaydi. Bundan taşqari, bu AQŞ tarixidagi eng tez ösuvçi kompaniya: Amazon $1 trln.lik rekord kapitalizatsiya tomon hammadan tez ketmoqda. 2017 yilda kompaniyada 560 000 kişi işlagan.
15. Pfizer
Foto: Getty Images
Nyu-York
Daromad: $52,5 mlrd
Foyda: $21,3 mlrd
Aktivlar: $171,8 mlrd
Bozordagi qiymat: $216,1 mlrd
Pfizer jahondagi eng yirik farmatsevtik kompaniyalar sirasiga kirib, eng birinçilardan bölib penitsillin işlab çiqarişni boşlagan: bu firma ötgan yilning qirqinçi yillarida antibiotik çiqariş böyiça yetakçiga aylandi. Bugungi kunda Pfizer keng tarqalgan dori preparatlari, vaksinalar va tiş pastalarini çiqaradi. Kompaniyada taxminan 96 000 kişi işlaydi.
14. Comcast
Foto: DR
Filadelfiya (Pensilvaniya)
Daromad: $84,5 mlrd
Foyda: $22,7 mlrd
Aktivlar: $186,9 mlrd
Bozordagi qiymat: $154,5 mlrd
Comcast jahondagi eng yirik efirga uzatiş kompaniyasi hisoblanadi. U AQŞda ikkinçi eng yirik pullik televideniye operatoridir (AT&T’dan keyin); bundan taşqari, kompaniya Şimoliy Amerikadagi telefon aloqasi operatorlari orasida uçinçi örinni egallaydi.
12. UnitedHealth Group
Foto: AP / TASS
Minneapolis (Minnesota)
Daromad: $207,6 mlrd
Foyda: $11,2 mlrd
Aktivlar: $155,6 mlrd
Bozordagi qiymat: $230,8 mlrd
AQŞda tibbiy suğurta xizmatlari körsatiş böyiça eng yirik kompaniyasi 100 mln.dan ortiq mijoz bilan işlaydi. Bundan taşqari, UnitedHealth Group aktivlarni boşqariş, biznes-jarayonlarni autsorsga oliş va mijozlarga ixtisoslaştirilgan dasturiy ta'minot yetkazib beriş bilan şuğullanadi.
12. Chevron
Foto: Getty Images
San-Ramon (Kaliforniya)
Daromad: $134,8 mlrd
Foyda: $9,2 mlrd
Aktivlar: $253,8 mlrd
Bozordagi qiymat: $232,1 mlrd
Kompaniya dunyoning turli mintaqalarida neft va gaz qazib oliş bilan şuğullanadi. Chevron AQŞ, Tailand, JAR va Kanadagi neftni qayta işlaş zavodlariga ega, Janubiy Koreya, Singapur, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Pokistonda mahalliy öyinçilar bilan qöşma korxonalari bor. Chevron Amerikaning yetakçi neft-kimyo kompaniyalari Chevron Phillips va Chemical Company’ning 50 foizini nazorat qiladi.
11. Alphabet
Foto: AP / TASS
Mauntin-Vyu (Kaliforniya)
Daromad: $111 mlrd
Foyda: $12,7 mlrd
Aktivlar: $197,3 mlrd
Bozordagi qiymat: $750,5 mlrd
Alphabet – tarkibiga Google korporatsiyasi, şuningdek, Verily, Calico, X, Nest, GV, Google Capital va Access/Google Fiber kompaniyalari kiruvçi xoldingning texnik nomi. Xolding 2015 yilda taşkil etildi, bu internet-kompaniyalarni investitsion va ilmiy-tadqiqot bölinmalardan ajratiş uçun qilindi. 2016 yilning fevral va mayida Alphabet bozordagi qiymat böyiça Apple’dan ötib ketdi. 2017 yilda xolding Yevrokomissiya tomonidan qidiruv tizimlari bozorida yetakçi holatini suiiste'mol qilgani uçun 2,42 mlrd yevrolik jarimaga tortildi. Şuningdek, Alphabet bölinmalari sun'iy idrok va haydovçisiz avtomobillar bilan şuğullanadi.
10. Wal-Mart Stores
Foto: AP / TASS
Bentonvil (Arkanzas)
Daromad: $500.3 mlrd
Foyda: $9.9 mlrd
Aktivlar: $204.5 mlrd
Bozordagi qiymat: $259.4 mlrd
Qöşma Ştatlarda Walmart gipermarketlari juda maşhur, ularda deyarli barça narsani topiş mumkin – tiş tozalagiçdan tortib muzlatgiçga qadar. Sem Uoltonning tarmoği ultrakatta dökonlar şaklini tanladi, ularda butun bir kunni ham ötkazsa böladi. Kompaniya jahonning 28 davlatida çakana va ulgurji savdo böyiça eng yirik tarmoqni boşqaradi, asosiy mintaqalar – AQŞ, Meksika, Kanada, Janubiy Amerika, Buyuk Britaniya, JAR, Xitoy va Yaponiya.
9. Microsoft
Foto: AP / TASS
Redmond (Vaşington)
Daromad: $98,4 mlrd
Foyda: $11,6 mlrd
Aktivlar: $256 mlrd
Bozordagi qiymat: $739,7 mlrd
Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimi va Office dasturiy ta'minoti bilan maşhur, biroq zamonaviy Microsoft – bu faqat kompyuter softi emas. Bill Geytsning kompaniyasi Xbox öyin qurilmalari, Microsoft Dynamics taşkilotlari uçun CRM-tizimlar va Lumia mobil telefonlarini sotadi. Kompaniya sönggi yillarda IT bilan boğliq bölgan köplab servislarni sotib oldi: Skype va Minecraft öyini.
8. Verizon Communications
Foto: DR
Baskin-Ridj (Nyu-Djyersi)
Daromad: $126 mlrd
Foyda: $30,1 mlrd
Aktivlar: $257,1 mlrd
Bozordagi qiymat: $201,7 mlrd
Verizon Communications telekommunikatsiya kompaniyasi mobil aloqa, internet, kabel televideniyesi va ma'lumotlarni bulutli saqlaş servisini taqdim etiş bilan şuğullanadi. 2016 yilda Verizon Communications jahondagi telekommunikatsion kompaniyalar orasida bozordagi qiymat böyiça ikkinçi örinni egalladi (Xitoyning China Mobile’idan keyin).
7. Wells Fargo
Foto: DR
San-Frantsisko (Kaliforniya)
Daromad: $103,2 mlrd
Foyda: $22,5 mlrd
Aktivlar: $1 trln 915,4 mlrd
Bozordagi qiymat: $246,6 mlrd
Wells Fargo korporatsiyasi xuddi Bank of America, Citigroup va JPMorgan Chase kabi AQŞdagi banklarning «katta törtligi»ga kiradi. Ular Amerika depozitlari umumiy hajmining 45 foizini özida saqlaydi. Wells Fargo bank sifatida AQŞda 6000 bölinmaga ega, u yerda 150 000 kişi işlaydi. Kompaniya suğurtalaş va aktivlarni boşqari bilan ham şuğullanadi.
6. Bank of America
Foto: Getty Images
Şarlott (Şimoliy Karolina)
Daromad: $102,9 mlrd
Foyda: $20,3 mlrd
Aktivlar: $2 trln 328,5 mlrd
Bozordagi qiymat: $307,1 mlrd
Bank of America – 100 foizga xususiy kompaniyadir. BofA’da köplab aksiyadorlar bor, ular orasida jismoniy şaxslar va xalqaro investitsion fondlar ham mavjud. Bank of America 40 davlatda işlaydi, biroq AQŞ muhim bozor sifatida e'tirof etiladi: bu yerda bank har bir ştatda bölinmalarga ega, amerikaliklarning kamida 10 foizi esa öz pullarini BofA’da saqlaydi. Bank umumiy hisobda 46 mln mijozga xizmat körsatadi, Bank of America boşqaruvi ostida 1 trln dollardan ortiq miqdordagi aktivlar jamlangan.
5. AT&T
Foto: DR
Dallas (Texas)
Daromad: $160,5 mlrd
Foyda: $29,5 mlrd
Aktivlar: $444,1 mlrd
Bozordagi qiymat: $217,2 mlrd
AT&T – dunyodagi eng yirik telekommunikatsion kompaniya. Korporatsiya 1885 yilda taşkil etilgan; XX asrda AT&T simli telefon aloqasiga ixtisoslaşdi, mobil davr boşidan esa uyali aloqa va internet-xizmatlarni körsatişga ötdi. AT&T 120 mln abonentga ega bölib, köp profilli korporatsiya sanaladi. U hattoki energiya resurslarni qazib oliş bilan ham şuğullanmoqda - AT&T xususiy neft kompaniyalarning jahon reytingida 16-örinda joylaşgan.
4. ExxonMobil
Foto: Reuters
Irving (Texas)
Daromad: $220,4 mlrd
Foyda: $19,7 mlrd
Aktivlar: $348,7 mlrd
Bozordagi qiymat: $331,8 mlrd
Jahondagi eng yirik neft kompaniyasi butun dunyo böylab qazib oliş işlarini amalga oşiradi. Korporatsiya Mobil1, Esso, XTO va boşqa köplab brendlar ostida yoqilği-moylaş materiallarini sotadi, Kanada, Avstraliya, Afrika va Rossiyada neft hamda gaz qazib olinadi.
3. JPMorgan Chase
Foto: AP / TASS
Nyu-York
Daromad: $117,6 mlrd
Foyda: $26,5 mlrd
Aktivlar: $2609,8 mlrd
Bozordagi qiymat: $375,9 mlrd
Dunyodagi eng yirik va qadimgi moliya taşkilotlaridan biri. JPMorgan Chase jahonning 60 davlatida işlaydi, xodimlari soni 252 000 kişini taşkil etadi, depozitar aktivlar esa trillionlab dollarga teng. Kompaniya xususiy mijozlar, biznes va hukumat tuzilmalari uçun bank xizmatlari körsatadi. Xolding tuzilmasidagi eng maşhur bank – Chase. Şuningdek, guruhga AQŞ, Yevropa, Avstraliya va offşor hududlardagi (masalan, Kayman orollari) investitsion fondlar kiradi.
1. Berkshire Hathaway
Foto: Getty Images
Omaxa (Nebraska)
Daromad: $241,4 mlrd
Foyda: $44,9 mlrd
Aktivlar: $702,1 mlrd
Bozordagi qiymat: $491,6 mlrd
Uorren Baffetning xoldingi Berkshire Hathaway turli sohalarda şö'ba korxonalarni boşqaradi: suğurtalaş, temiryöl transporti, kiyim-keçak işlab çiqariş, qandolatçilik, zargarlik biznesi. Bundan taşqari, Baffetga Coca-Cola, Wells Fargo, IBM va Apple kompaniyalarida uluş ham tegişli.
1. Apple
Foto: Getty Images
Kupertino (Kaliforniya)
Daromad: $238,8 mlrd
Foyda: $50,5 mlrd
Aktivlar: $406,8 mlrd
Bozordagi qiymat: $904,4 mlrd
Apple – Donald Trampning AQŞga kapital qaytariş böyiça eng sevimli misollaridan biri. Qöşma Ştatlar prezidentining işonişiça, Amerikadagi işlab çiqarişni rağbatlantiriş böyiça öz siyosati tufayli Apple mamlakatga xorijiy yurisdiksiyalardan 252 mlrd dollarni qaytara olgan. IT-gigant öz aksiyadorlariga dividendlarni faol tölaydi va smartfonlar, planşet kompyuterlari hamda olib yuriluvçi elektron qurilmalar uçun yölboşçi maqomini uşlab turibdi. Apple mahsulotini Apple Store çakana savdo dökonlari tarmoği orqali sotadi hamda App Store va ITunes Store onlayn-dökonlariga ega.