Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
Foto: Kun.uz
Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish Parlament a'zolari faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.
Joriy yilning aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tahliliy o‘rganib chiqdi.
Ushbu jarayonda Toshkent tuman yo‘l xo‘jaligi korxonasi moddiy texnika bazasi yetarli emasligi, Zangiota va Toshkent tumanlari ikkiga ajralishi natijasida, “Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi”ning mavjud moddiy texnikalarining asosiy qismi Zangiota tumani balansida qoldirilib, Toshkent tumanida yangi tashkil etilgan “Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi”ning moddiy texnikalarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Jumladan, korxonaga avtosamosval, katok, ekskavator, avtobus, KDM mashina va freza kabi yo‘l texnikalari zarurligi ma'lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan, Toshkent tumani “Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi”ning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga deputat so‘rovi yuborildi. Ushbu so‘rovga javob berish muddati 10 kun qilib belgilandi.
Mavzuga oid
18:26 / 25.12.2025
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
10:54 / 16.12.2025
So‘rov: ukrainlarning ko‘pchiligi armiyani Donbassdan olib chiqishga qarshi
15:40 / 01.09.2025