O‘zbekiston | 12:10 / 15.05.2018
6844
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyaning Orange2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga ishchi guruh yuboradi

Gretsiyaga tashrif buyurgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari Gretsiyadagi xususiy aviakompaniya - Orange2Fly prezidenti Pantelios Sofianos va ijrochi direktori Ioannis Papaslanis bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda xalqaro aviatsiya qatnovini rivojlantirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  

Orange2Fly - samolyotni boshqarish uchun ekipaj bilan ijaraga berishni taklif qiluvchi charter aviakompaniya. Aviakompaniya SkyGreece Airlines’ning sobiq xodimlari tomonidan 2015 yil sentabr oyida tashkil etilgan.

Aviakompaniya prezidenti O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Ishchi guruh O‘zbekistonni o‘rganish uchun jo‘nab ketadi. Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, o‘z navbatida, bozorni o‘rganish va Gretsiyadan O‘zbekistonga reyslarni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid