Moldova YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi
Yevroosiyo oliy iqtisodiy kengashining sammitida Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini berishga qaror qildilar. Bu haqda RBK xabar tarqatdi.
Mamlakat prezidenti Igor Dodon ushbu maqomni olish niyatida ekani haqida bir necha marta bayonot bilan chiqqandi. Moldova kuzatuvchiga aylangan birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu maqom mamlakat prezidenti va boshqa mansabdor shaxslariga Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tadbirlarida qatnashish huquqini beradi, deya aniqlik kiritdi jurnalistlarga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kollegiyasi a'zosi Tatyana Valovaya.
«Munozaralar, bahslar bilan biz umumiy yechimlarga keldik», - deya aytib o‘tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Moldovadan kuzatuvchi sifatida bizning birlashma ishida faol ishtirok etishini kutib qolamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
09:20 / 04.10.2024
Moldova RFni YeI bo‘yicha referendum ishtirokchilariga pora berganlikda aybladi
12:58 / 28.09.2024
Moldovada yettita kremlparast sayt bloklandi
21:30 / 19.09.2024
Moldova Bosh shtabining sobiq boshlig‘i davlatga xiyonatda ayblanmoqda
13:27 / 14.09.2024