Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent YHXB qoidabuzar haydovchilarga eslatma qoldirishni yo‘lga qo‘ydi
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qoidabuzar haydovchilarga eslatmalar qoldirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda ShIIBB saytida ma'lum qilinmoqda. Unda ta'kidlanishicha, Toshkent shahri yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlash, tirbandliklarning oldini olish va bartaraf qilish hamda yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
“Shunga qaramay, to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan yo‘l belgilari ta'sir doirasida, shuningdek, avtobus bekatlari, trotuarlar, svetaforlar, burilish va qayrilib olish kabi belgilanmagan joylarda avtotransportlarning to‘xtab turishi yoki ularni qarovsiz qoldirib ketish holatlari uchramoqda.
Endilikda, bunday holatlarga qarshi ta'sir choralarini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan belgilanmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar foto va video tasvirga olinib, o‘rnatilgan tartibda qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayoni boshlanganligini ma'lum qilamiz.
Shunday ekan, hurmatli haydovchi, Sizdan, yo‘llarda yanada e'tiborli bo‘lishni va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmat ko‘rsatishingizni hamda qoidalarga amal qilishingizni so‘rab qolamiz!”- deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:12
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026