Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari ligasi Al-Quds bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Arab davlatlari ligasi (ADL) payshanba kuni tashqi ishlar vazirlari darajasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvda AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda «Anadolu» diplomatik doiralardagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Shuningdek, ADL uchrashuv chog‘ida Isroilning falastinlik tinch namoyishchilariga qarshi jinoyatlarini ham ko‘rib chiqadi.
Avvalroq, Falastin hukumati Arab davlatlari ligasi yig‘ilishini 16 may kuni vakillar darajasida chaqirishni talab qilgandi. Bu AQShning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishini muhokama qilish maqsadida amalga oshirildi.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp 2017 yilning 6 dekabrida Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish va elchixonani Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirish qarori haqida ma'lum qildi. AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi binosi 14 may kuni ochildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi.
Mavzuga oid
15:23 / 15.11.2023
G‘azodagi Al-Quds kasalxonasidan bemorlar va xodimlar evakuatsiya qilindi
11:06 / 30.10.2023
JSST: Isroilning G‘azodagi «Al-Quds» kasalxonasini evakuatsiya qilish talabi juda xavotirli
11:42 / 08.05.2023
Suriya Arab davlatlari ligasiga qaytyapti
16:30 / 07.02.2020